[00:07.01]作词 : Farrux Raimov
[00:13.87]作曲 : Farrux Raimov
[00:24.78]Taqdir meni uloqtirdi uzoqlarga,
[00:30.16]Tirikchilik, ro`zg`or degan tuzoqlarga.
[00:35.43]Tuprog`imdan olislarda yashayapman,
[00:40.65]Onam yopgan non emas, tosh tishlayapman.
[00:45.98]Musofirlik omadidir pand yeganni,
[00:50.63]Eh, asl yuzi ko`rinarkan do`st deganni.
[00:56.76]Farzandlarim ilk qadamin ko`rolmadim,
[01:01.99]So`nggi yo`lga otamni kuzatolmadim.
[01:06.58]Otajonim, otajon,
[01:11.86]Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
[01:17.10]Otajonim, otajon,
[01:22.58]Duoyingizni ololmadim bir bor.
[01:36.78]MUSIC
[01:52.37]Omonmisan, jufti halolim, yig`lamagin,
[01:58.02]Tilka-pora yuragimni tig`lamagin.
[02:03.19]Ona qizim, senga dastyor bo`p yurgandir,
[02:08.58]Kenjatoyim, tili chiqib, gapirgandir.
[02:13.94]Yolg`izlikda onajonim qiynalmasin,
[02:19.11]Men yaxshiman, men haqimda o`ylamasin.
[02:24.74]Muammolar, bu sinovlar ko`rinmasdi,
[02:30.14]Otam hayot bo`lganida bilinmasdi.
[02:34.41]Otajonim, otajon,
[02:39.66]Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
[02:44.86]Otajonim, otajon,
[02:50.23]Duoyingizni ololmadim bir bor.
[03:20.85]Suyanganim, ishonganim, tog`im ketdi,
[03:23.78]Mening sajdagohim, qiblagohim ketdi.
[03:28.52]O`zga yurtda qor kechib yurgandan ko`ra,
[03:34.01]Qishloqdagi otangdan hol-ahvol so`ra.
[03:39.35]Bu kunlar ham o`tib ketar, ishonaman,
[03:44.60]Tez kunlarda ona yurtimga boraman.
[03:50.00]Lekin afsus, nasihatlar ololmayman,
[03:55.31]Qaytganimda otajonim ko`rolmayman.
[03:59.98]Otajonim, otajon,
[04:04.66]Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
[04:10.23]Otajonim, otajon,
[04:15.57]Duoyingizni ololmadim bir bor.
[04:22.30].END.
作词 : Farrux Raimov
作曲 : Farrux Raimov
Taqdir meni uloqtirdi uzoqlarga,
Tirikchilik, ro`zg`or degan tuzoqlarga.
Tuprog`imdan olislarda yashayapman,
Onam yopgan non emas, tosh tishlayapman.
Musofirlik omadidir pand yeganni,
Eh, asl yuzi ko`rinarkan do`st deganni.
Farzandlarim ilk qadamin ko`rolmadim,
So`nggi yo`lga otamni kuzatolmadim.
Otajonim, otajon,
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
Otajonim, otajon,
Duoyingizni ololmadim bir bor.
MUSIC
Omonmisan, jufti halolim, yig`lamagin,
Tilka-pora yuragimni tig`lamagin.
Ona qizim, senga dastyor bo`p yurgandir,
Kenjatoyim, tili chiqib, gapirgandir.
Yolg`izlikda onajonim qiynalmasin,
Men yaxshiman, men haqimda o`ylamasin.
Muammolar, bu sinovlar ko`rinmasdi,
Otam hayot bo`lganida bilinmasdi.
Otajonim, otajon,
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
Otajonim, otajon,
Duoyingizni ololmadim bir bor.
Suyanganim, ishonganim, tog`im ketdi,
Mening sajdagohim, qiblagohim ketdi.
O`zga yurtda qor kechib yurgandan ko`ra,
Qishloqdagi otangdan hol-ahvol so`ra.
Bu kunlar ham o`tib ketar, ishonaman,
Tez kunlarda ona yurtimga boraman.
Lekin afsus, nasihatlar ololmayman,
Qaytganimda otajonim ko`rolmayman.
Otajonim, otajon,
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
Otajonim, otajon,
Duoyingizni ololmadim bir bor.
.END.